Ру Ўз O'z En

Вопросы и ответы

Samaradorlikning prognoz (maqsadli) koʻrsatkichlarixoʻjalik yurituvchi subyektning ijro etuvchi organi tomonidan tashkilotning vakolatli organiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ularning miqdori qonunchilikda tasdiqlangan meʼyoriy miqdordan past boʻlishi mumkin emas. Koʻpchilik meʼyoriy miqdorlar koʻrsatkichlari qonunchilikda belgilanmaganligi sababli, ularni toʻgʻri aniqlash juda muhim. Bu qanday amalga oshiriladi va nimalar hisobga olinishi kerak?

Prognoz (maqsadli) koʻrsatkichlarining obyektiv qiymatlarini belgilash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • tashkilot yoki umuman soha boʻyicha  ekspertlar oʻtkazgan baholash natijalarini tahlil qilish va foydalanish;
  • eng muvaffaqiyatli raqobatchilarning moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarini toʻplash va kompleks tahlil qilish;
  • oʻtgan davrlardagi (kamida oldingi uch yil) haqiqiy maʼlumotlar asosida hisob-kitob qilish.
  • Specific - muayyan, aniq. “Zudlik bilan tugmani bosish” maqsadi aniq belgilanmagan, buning oʻrniga  “1 soniya davomida tugmani bosib turish”toʻgʻri boʻladi;
  • Measurable - oʻlchanadigan. Maqsad natijasini miqdor jihatdan oʻlchash mumkinligi nazarda tutilishi lozim;
  • Achievable–erishsa boʻladigan. Maqsad erishsa boʻladigan boʻlishi lozim;
  • Relevant– sharoitga mos. Maqsadga erishish resurslar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim;
  • Timed/Time-bounded — Nuqtaga/vaqt oraligʻiga bogʻlangan boʻlishi. Bogʻliqlik yoʻq ekan – maqsad ham yoʻq (orzu bor, xolos).

Maqsadni belgilashda SMART qoidalari inobatga olinishi lozim. “Maqsadlar asosida boshqarish”(objectivemanagement) konsepsiyasida samaradorlikka erishish uchun oldinga qoʻyilayotgan maqsad quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:

Davlatga topshiriladigan hisobotlarning davriyligidan qatʼi nazar, SMKni hisoblashning davriyligi har chorakdan iborat boʻladi[1]. Bu narsa hisobotni bir yilda bir marta topshiradigan tashkilotlarga ham taalluqli. Davlat organlariga topshiriladigan hisobotlar (moliyaviy, statistik, soliq va boshqa) SMKni hisoblash uchun axborot manbalaridan biri hisoblanadi, xolos. Ulardan tashqari, buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi, biznes-rejadagi, belgilangan tartibda olingan yoki ishlab chiqilgan boshqa materiallardagi maʼlumotlardan foydalanish zarur[2].

[1]Qarang. “Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisida Nizom”ning 8-bandi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qaroriga ilova.

[2]Oʻsha yerda. 13-band.

Nizomga muvofiq, 2a-ilovada keltirilgan SMK hisoblash uchun zaruriy va OʻzR Davlat aktivlarini boshqarish markaziga topshirilishi shart. Alohida SMKlarni qoʻllash imkoni boʻlmagan hollarda, bu haqidagi qaror tashkilotning ijro etuvchi organi taklifiga asosan vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.

Tushunarliki, tashkilot faoliyatining oʻziga xos tomonlari boshqa SMKlar ham qoʻllanilishini taqozo etishi mumkin. Bunday hollarda, 2b-ilovada keltirilgan qoʻshimcha koʻrsatkichlar doirasida ish tutish tavsiya etiladi. Ijro etuvchi organ faoliyatini baholash uchun qoʻllaniladigan barcha samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari vakolatli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi, taʼsischi va h.k.) qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

 

Ha, birinchi beshta koʻrsatkich Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha hisobot topshirishga oʻtgan korxonalarda hisoblash uchun koʻzda tutilgan. Bu beshta koʻrsatkich korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini baholash uchun muhim, bundan tashqarimanfaatdor shaxslar, shu jumladan xorijiy investorlar aynan shu koʻrsatkichlar bilan tanishishni istaydilar.

Mazkur koʻrsatkichlarni hisoblash qoidalaridan maʼlumki, ulardan toʻrttasini Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) boʻyicha tayyorlangan hisobotlar asosida aniq hisoblab chiqish mumkin[1]. Faqat bitta koʻrsatkich (EBITDA–foizlar, soliqlar va amortizatsiya chiqarib tashlanishidan oldingi foyda) qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qiladi. Bu maʼlumotlar BHMS boʻyicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlarda yoʻq, ammo SMKni hisoblash uchunasos boʻladigan boshqa manbalarda bor. Bu esa birinchi beshta muhim koʻrsatkichni joriy davrda qoʻllanilayotgan buxgalteriya hisobi va hisobotlari standartlaridan qatʼi nazar hisoblash imkonini beradi.

[1]Qarang. “Asosiy samaradorlikning muhim koʻrsatkichlarini hisoblash qoidalari”. “DavlatulushiboʻlganaksiyadorlikjamiyatlarivaboshqaxoʻjalikyurituvchisubyektlarfaoliyatisamaradorliginibaholashmezonlaritoʻgʻrisidaNizom”ga 3a-ilova...

Har bir hisobot davri uchun samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari roʻyxati, ularning prognoz (maqsadli) miqdorlari, shuningdek salmogʻi xoʻjalik yurituvchi subyektning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan tasdiqlanadi. Shuning uchun tasdiqlangan koʻrsatkichlardan har qanday ogʻishlarga yoki ularning maqsadli (prognoz) koʻrsatkichlarini oʻzgartirishga faqat shu koʻrsatkichlarni tasdiqlagan vakolatli organning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

Agar tasdiqlangan koʻrsatkichni bajarish imkoni yoʻqligi vakolatli organga asoslab berilsa, u tomonidan:

  • mazkur koʻrsatkichni samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari roʻyxatidan chiqarish va qolgan koʻrsatkichlarning salmogʻini oʻzgartirish toʻgʻrisida; yoki
  • SMKning maqsadli (prognoz) koʻrsatkichi va/yoki uning salmogʻini oʻzgartirish toʻgʻrisidaqaror qabul qilinishi mumkin.

Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari tizimi, ularning maqsadli (prognoz) koʻrsatkichlariijro etuvchi organning takliflari asosida tasdiqlanishi inobatga olinsa, keyinchalik ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni shu koʻrsatkichlarni tayyorlash paytida yoʻl qoʻyilgan kamchilik sifatida baholash lozim. Aynan shu sababdan “Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisida Nizom”da samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari tizimini va ularning maqsadli (prognoz) koʻrsatkichlarini ishlab chiqish uchuntashqaridan maslahatchilarni jalb qilish koʻzda tutilgan. Bunda SMK tizimini tatbiq qilishda xatoga yoʻl qoʻyilishi tahlikasi imkon qadar kamaytiriladi va sarflangan xarajatlar oʻzini oqlaydi. SMK toʻgʻri va haqqoniy hisoblanganligi ijro etuvchi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shunday ekan SMK tizimini tatbiq etishga professional yondashuv korxonaning faoliyatini baholashda ijro etuvchi organning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi.

Samadradorlikning yigʻindi koʻrsatkichi (SYK) korxonada tasdiqlangan barcha samaradorlikning muhim koʻrsatkichlarining oʻrtacha oʻlchangan miqdori sifatida hisoblanadi.Hisoblash asosiy SMK boʻyicha alohida, qoʻshimcha SMK boʻyicha alohida amalga oshiriladi.Ijro etuvchi organning faoliyatini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha yakunlar ham, qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha yakunlar ham hisobga olinadi. Buning uchun asosiy va qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha SYK summasining oʻrtacha arifmetik qiymati hisoblab chiqariladi.

Samaradorlik mezoni hisoblanmish moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlarga faqatgina ijro etuvchi boshqaruv organning faoliyati bilangina erishib boʻlmaydi. Yetakchi qanchalik mohir boʻlmasin, gʻalabaga butun mehnat jamoasining birgalikdagi mehnati bilan erishiladi. Shuning uchun Nizomning 28-bandida aytilgan: “... tashkilotlarda ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligini baholamasdan yoki ularning faoliyati qoniqarsiz yoki past darajada deb eʼtirof etilgan taqdirda ustamalar belgilashga, mukofot puli va boshqa moddiy ragʻbatlantirishlar toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi”.

Korxonaning ichki hujjatlariga, masalan “Xodimlar mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida Nizom”, “Xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida Nizom” va boshqahujjatlar ishlab chiqilganda va/yoki ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur masala albatta inobatga olinishi kerak.

qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe boʻlgan yuridik shaxs;

qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;

yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi.

Toʻlovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizasi sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻriladi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin.

Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanatsiya qilishni yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) oʻz ichiga olishi mumkin.

Qarzdor yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi:

kuzatuv;

sud sanatsiyasi;

tashqi boshqaruv;

tugatishga doir ish yuritish.

Qarzdor jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi:

qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish;

bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.

Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qoʻllaniladi.

Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi va kreditor ega.

Qarzdor va kreditor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkin.

Qarzdor soliqlar va yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari ega boʻladi.

vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi;

doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan boʻlsa, oʻtgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan boʻlsa.

tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini eʼlon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar mustasno.

tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomili.

sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda sud tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil.

kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish, kreditorlar talablari reestrini tuzish va birinchi kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish uchun qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran keyingi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil.

toʻlovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻla hajmda bajarishga qodir emasligi.

“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4146-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi “Malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi VMQ-635-sonli qarori.

Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini toʻlovga qobiliyatsiz, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;

sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reestrini yuritadi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;

toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;

sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;

moliyaviy holati boʻyicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslariga jarimalar soladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining respublika mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi.

Munitsipal mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (munitsipal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi.

“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi 2-bandiga asosan, quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;

2) madaniy meros obyektlari, davlat fondlarini kiritgan holda, shu jumladan kitoblarning, kino, foto- va fonohujjatlar, arxivlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlari, muzeylar va muzey boyliklari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamgʻarmalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;

4) pul muomalasi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qogʻozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta toʻlovi belgilarini ishlab chiqarishni taʼminlovchi korxonalar va tashkilotlar;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Milliy xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk);

6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni koʻmish, uran va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

8) qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;

9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar, shuningdek tigʻ qurol (sovgʻa tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

10) kuchli taʼsir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar boʻlgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;

11) Oʻzbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;

12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini oʻrnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;

13) portlash xavfi boʻlgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;

14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari;

15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof-muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;

16) davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;

17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);

18) qabristonlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar roʻyxati “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi 3-bandida belgilab berilgan:

1) asosiy fondlarining balans qiymati (2005-yil 1-yanvar holatiga koʻra) bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan korxonalar;

2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;

3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilgʻi-energetika, konchilik, mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va koʻmir qazib chiqarish, quduqlar burgʻulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va hududiy qozonxonalar, tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari. Avtomobillarga yonilgʻi quyish va gaz toʻldirish stansiyalari;

4) kimyo korxonalari (gerbitsidlar, mineral oʻgʻitlar, sintetik tolalar, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);

5) farmatsevtika sanoati hamda tibbiy-biologik dori-darmonlar sanoati korxonalari;

6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;

7) raketa-kosmik majmualar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

8) matbaa korxonalari va nashriyotlar;

9) axborot va telegraf agentliklari;

10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

11) standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;

12) tavakkalchilik xavfi yuqori boʻlgan obyektlar hamda ichki va tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

13) yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlovchi, yongʻindan ogohlantiruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan ogohlantirishga moʻljallangan signal berish vositalarini loyihalash, taʼmirlash, montaj qilish, sozlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

14) suv xoʻjaligi hamda melioratsiya tizimlarini loyihalash, qurish, taʼmirlash hamda ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar, avariya-qutqaruv kemalari, gidrotexnika inshootlarini texnik nazorat qilish kemalari;

15) muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik va gaz taʼminoti, vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaligi, tashqi yoritish, tashqi obodonlashtirish obyektlari, shuningdek bunday obyektlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi korxonalar;

16) temiryoʻl, havo va daryo transportida yoʻlovchilar hamda yuklar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

17) shaharda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar. Harbiy turdagi avtomobil kolonnalari;

18) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlari, shuningdek umumtaʼlim muassasalari;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat ilmiy markazlari;

20) davlat naslchilik xoʻjaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, urugʻchilik va seleksiya stansiyalari, davlat urugʻchilik inspeksiyalari va qishloq xoʻjaligi ekinlarining texnologik sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;

21) pochta aloqasi korxonalari;

22) oʻrmon xoʻjaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya, gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning axborot markazlari;

23) sanoatning qattiq chiqindilari va roʻzgʻor chiqindilari koʻmiladigan maydonlar, binolar, inshootlar va koʻmish uchun kerakli uskunalar, chorva mollari koʻmiladigan joylar;

24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar, muzlatgich xonalar, ombor xoʻjaligi obyektlari;

25) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat sanatoriy-kurort xoʻjaliklari;

26) konsert-tomosha koʻrsatish muassasalarining korxonalari va obyektlari, kinolashtirish obyektlari, shuningdek kutubxonalar va oʻquv zallari;

27) sogʻliqni saqlash muassasalari;

28) veterinariya xizmati, oʻsimliklarni himoya qilish xizmati korxonalari va muassasalari;

29) nogironlar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya etilmagan boshqa toifalari qarovda boʻladigan uylar va internatlar;

30) bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning sogʻlomlashtirish muassasalari;

31) marosimlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar. 

Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

-davlat korxonasini xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirish;

-davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kimoshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Davlat mulklarini xususiylashtirish (sotish) usullari:

- birja savdolari;

- ochiq va yopiq auksionlar hamda tanlovlar oʻtkazish.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktyabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Davlat mulklarini sotish sotuvchi tomonidan davlat organlarining yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining, balansda saqlovchining takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga asosan amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 279-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar orqali davlat aktivlarining har bir turi boʻyicha xususiylashtirish sxemalari koʻrsatilgan. Sxema oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

- davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlanishi;

- Xususiylashtirish va xatlovdan oʻtkazish komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat yuritishi;

- Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) boʻyicha qaror qabul qilinishi;

- baholash va baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;

- davlat aktivining boshlangʻich narxini va savdo turini aniqlash;

- OAVda eʼlonlarni berish (joylashtirish);

- savdolarni oʻtkazish;

- davlat aktivlarini savdolarda sotish;

- oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish;

- investitsiya va boshqa majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish (mavjud boʻlganda);

- mulk huquqiga davlat orderini yoki sertifikatni (aksiyalar boʻyicha tegishli DEPO hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat) berish.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktyabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-sonli qaroriga muvofiq davlat mulkini Xususiylashtirish komissiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy organi tomonidan tuziladi.

Komissiya tarkibiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki hududiy organ vakillari bilan bir qatorda:

  • balansda saqlovchi;
  • moliya organi;
  • davlat soliq xizmati organi;
  • xizmat koʻrsatuvchi bank;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari;
  • Kadastr agentligi vakolatli vakillari;
  • boshqa mutaxassislar (zarur boʻlganda) kiritiladi.

Komissiya faoliyatiga rahbarlik qilishni va uning ishini tashkil etishni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki hududiy organ tomonidan oʻz xodimlari orasidan tayinlanadigan Komissiya raisi amalga oshiradi.

Komissiya raisi oʻz vakolatlari doirasida:

  • Komissiya aʼzolariga Komissiya faoliyati masalalari boʻyicha topshiriqlar berish;
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki hududiy organga Komissiya ishi reglamentini muntazam buzayotgan ayrim Komissiya aʼzolarini, ularni tegishlicha almashtirgan holda Komissiya tarkibidan chiqarish masalalarini koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.

Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining qarorlari boʻyicha sotiladigan korxona va obyektlar boʻyicha, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini (ulushlarini) sotishda Komissiya tuzish talab etilmaydi.

 

Davlat aktivlarining qiymatini baholash xatlov natijalari boʻyicha korxonaning mavjud mol-mulki va uning amaldagi holatidan kelib chiqib, Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq belgilanadi.

Baholash, qoidaga koʻra, uch usul bilan, yaʼni:

- xarajat;

- daromad;

- qiyosiy sotuvlar bilan amalga oshiriladi.

Baholashning uch usulidan birini qoʻllash mumkin boʻlmagan taqdirda baholovchi u yoki bu usulni qoʻllash rad etilishinizarur ravishda asoslashi kerak.

Davlat koʻchmas mulk obyektining savdolarga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi sotuvchi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy organi) tomonidan baholovchi tashkilotning davlat koʻchmas mulk obyektining qiymatini baholash toʻgʻrisidagi hisobotida hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda belgilanadi.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida xoʻjalik jamiyati, oʻrtoqlik jamiyati, kooperativlar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatlarining eng koʻp tarqalgan turi aksiyadorlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyat.

Xoʻjalik jamiyatlarining oʻrtoqlik jamiyatlaridan asosiy farqi shundaki, oʻrtoqlik jamiyati bu shaxslarning birikishi boʻlsa, jamiyat bu kapitallarning jamlanishidir.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi “Baʼzi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi PQ-423-sonli qaroriga asosan Komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va maslahatchi-konsultantlarning sotishdan oldingi tayyorgarlik hamda yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xususiylashtiriladigan obyektlarni sotish masalalari boʻyicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;

oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish;

tender savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini xarid qilishga talabgorlarning eng manfaatli takliflari tanlovini oʻtkazish;

davlat korxonalarini xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan Prezident va Hukumat hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini tashkil etish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini yanada rivojlantirish va oshirish;

sansalorlik, byurokratizmning paydo boʻlishi va obyektlarni xususiylashtirish, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish hamda aksiyalar paketlarini va korxonalarni toʻliq tanlov (tender) savdolari gʻoliblariga sotishni jadallashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish muddatlari choʻzib yuborilishi hollarini bartaraf etish;

iqtisodiyot tarmoqlarida Davlat komissiyasi qarorlari qabul qilingan xususiylashtirilgan korxonalar va obyektlarning faoliyati ustidan monitoring tashkil etish.

 

Xaridor tomonidan davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarilishini nazorat qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktyabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-sonli qaroriga asosan tartibga solingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga asosan jamiyat ishtirokchilari jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilinadigan baho boʻyicha oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib olishda imtiyozli huquqdan, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, foydalanadilar. Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda oʻzlarining imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan boʻlsalar, jamiyat oʻzining ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.

Xususiylashtirilayotgan davlat mulki obyektlariga egalik qilish huquqini beruvchi hujjat bu “Mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi” hisoblanadi va va u Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy neʼmatlar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.

  • oʻtkazilgan pul mablagʻlari va xaridorning faoliyatidan olingan foydani, shu jumladan, uning ulushiga hisoblangan dividendlarni qayta investitsiyalash;
  • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun xom ashyo va materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish;
  • taʼmirlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
  • ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish;
  • investitsiyalash obyektining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti oldidagi qarzlarini, kreditlar va boshqa majburiyatlarini toʻliq yoki qisman toʻlash;
  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muayyan turini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
  • nou-xauni, intellektual mulkning boshqa turlarini joriy etish;
  • kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga xarajat qilish;
  • faoliyat sohasini saqlab qolish;
  • qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllar.

Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan ortiq boʻlmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat tender komissiyasining alohida qarorlari boʻyicha davlat mulki obyektlarini sotish hollari bundan mustasno.

  • ishchi organ ustav fondida davlat mulki obyekti boʻlgan yoki unga biriktirib qoʻyilgan davlat mulki obyekti boʻlgan xoʻjalik boshqaruvi organiga (mavjud boʻlganda) va xoʻjalik jamiyatiga (emitentga, balansda saqlovchisiga) xoʻjalik jamiyatining tasdiqlangan biznes-rejasidan kelib chiqqan holda tegishli hisob-kitoblar va ulardan foydalanish prognozi bilan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori va turlari yuzasidan takliflar taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi;
  • olingan takliflar asosida ishchi organ tanlov hujjatlari paketi toʻplamiga kiritish uchun davlat mulki obyektini sotishning tanlov shartlarini tayyorlaydi;
  • ishchi organ tanlov hujjatlarini va tanlovning taklif etilayotgan shartlarini xulosa tayyorlash uchun IIGga yuboradi;
  • tanlovning uzil-kesil shartlari, shu jumladan, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori, turlari va ularni kiritish muddatlari Davlat tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi investitsiyalarning investitsiyalash obyektiga investitsiyalar tushishi sanasi boʻyicha (balans hisobga olingan holda va oʻrnatilgan sanasi, agar bu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa: investitsiyalash obyektida - yuridik shaxs yangi tashkil etilganda yoki amaldagi yuridik shaxs tiklanganda; investitsiyalash majburiyatlarini bajarish uchun boshqa yuridik shaxs tashkil etmasdan mulk tarzida davlat aktivi sotib olinganda - investorning obyektida) hisobga olinadi.

Investitsiyalar moʻljallangan obyektiga koʻra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga boʻlinadi.

Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va oʻzlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, koʻnikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy neʼmatlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish:

  • investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
  • asosiy fondlarning jadal amortizatsiya qilinishi huquqini berish;
  • texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
  • raqobatni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralarni qoʻllash;
  • kredit siyosatini va narx belgilash siyosatini oʻtkazish;
  • yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash;
  • investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.

 

Markazlashtirilgan investitsiyalar:

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari mablagʻlari hisobidan;

Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarni, zayomlarni jalb etish hisobidan amalga oshiriladi.

Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Markazlashtirilgan investitsiyalar asosan mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishlarida davlat maqsadli dasturlarini roʻyobga chiqarishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ajratiladi.

Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi.

Markazlashtirilmagan investitsiyalar quyidagilardir:

investorning oʻz mablagʻlari;

banklarning kreditlari, shu jumladan chet el banklaridan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan kreditlar;

toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari.

Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

Davlat investitsiya faoliyatini quyidagi yoʻllar bilan ragʻbatlantiradi:

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish;
  • investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek faoliyat turiga va investitsiya hajmlariga qarab har bir alohida holat uchun belgilanadigan muddatlarga preferensiyalar berish;
  • erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
  • xalqaro shartnomalar tuzish.

Davlat investitsiyalarning himoya qilinishini kafolatlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.

Investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar bundan mustasno.

Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror:

  • ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan investitsiyalarning yoki investorlar boshqa aktivlarining eng kam miqdori bilan cheklanadigan;
  • kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;
  • yetkazilgan zararga mutanosib ravishda kompensatsiya toʻlanadigan rekvizitsiya boʻyicha talablarga rioya etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat mazkur kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilishiga kafil boʻladi.

Investor investitsiyalarni rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli.

Investitsiyalarni va investorlarning tavakkalchiliklarini sugʻurtalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Davlat, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari chet el investorlari bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda oʻz zimmasiga olgan, vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar imzolagan majburiyatlar boʻyichagina javob beradilar.

Davlat chet el investitsiyalarini jalb etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, bunday majburiyatlar qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan kafolatlangan hollar bundan mustasno.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bogʻliq qoʻshimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.

 

  • Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bogʻliq xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatidir.
  • Rieltorlik faoliyati rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi. Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish orqali amalga oshiriladi:

  •  koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik;
  •  koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
  •  koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish;
  •  koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2011-yildagi 129-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyatalabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ikki kun muddatda ekspert komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.

Litsenziyalovchi organ uch kun mobaynida ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi

 

Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega boʻlgan tijorat tashkilotidir.

Rieltorlik tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan, rieltorlik tashkilotining rahbari boʻlishi kerak.

Rieltorlik tashkilotiga uning rahbari arizasiga koʻra bir yoki bir necha turdagi rieltorlik xizmatlari koʻrsatish uchun litsenziya berilishi mumkin.

Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega emas.

Rieltorlik tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.

Rieltorlik tashkiloti oʻz faoliyatini oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiradi.

 

Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxsning arizasi;
  • rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maʼlumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
  • rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan koʻp qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
  • malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
  • muayyan mansabni egallash yoki xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
  • fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.

Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi - beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.

Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 

Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8.05.2003-yildagi 210-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

Birja faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4.02.2003-yildagi 66-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

 

Baholash, birja va rieltorlik faoliyatlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining Baholash, birja va rieltorlik faoliyatlari toʻgʻrisidagi Qonunlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek,

Baholash faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2008-yildagi PQ-843 sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”qarori asosida amalga oshiriladi.

Litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8.05.2003-yildagi 210-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

Baholash malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 04.08.2008-yilda 1840-son bilan roʻyxatga olingan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Birja faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4.02.2003-yildagi 66-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2011-yildagi 129-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 10.06.2011-yilda 2236-son bilan roʻyxatga olingan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxsga - rieltorga litsenziya faqat koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish huquqiga beriladi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech