Davlat aktivlari agentligi sizni davlat imkoniyatlari va strategik istiqbollarga bag‘ishlangan katta Roadshow tadbiriga taklif etadi.
Ushbu tadbir yetakchi ekspertlar, xalqaro moliya institutlari, vazirlik va idoralar vakillarini bir joyga jamlaydi. Ishtirokchilarni xususiylashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, investitsiya imkoniyatlari taqdimotlari hamda loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan B2G va B2B formatidagi muloqot kutmoqda.
Tadbir haqida:
Sana: 2026-yil 27-noyabr
Vaqt: 10:00
Manzil: Toshkent shahri, Xalqaro biznes-markaz (IBC/Xalqaro hamkorlik markazi)
Mavsumning asosiy investitsiya tadbiri bir qismiga aylaning! Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
https://roadshow.davaktiv.uz/

