Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Avgust 2026

Kiber jinoyat xavfidan himoyalanish va mehnat jamoasida kibersavodxonlikni ta'minlash yuzasida seminar bo'lib o'tdi.

So'nggi vaqtlarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mansabdor shaxslari hamda xodimlari kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi bilan bog'liq holatlar ko'payotganligi sababli boshqarma xodimlarini bunday xolatlardan qanday ximoyalanish yuzasidan Viloyati IIB kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan bir qator ko'rsatmalar va tushuntirishlar berildi.

Xozirgi kunda asosan "Telegram" va "WhatsApp" orqali bog'lanib, soxta (feyk) xizmat guvoxnomasini rasmini yoki maxsus dasturlar (neyrotarmoqlar) orqali tayyorlangan "yumlaloq video" (videoxabar) ko'rinishidagi soxta murojaatlarni yuborib turli baxonalar bilan odamni sarosimaga solib bank kartasi boshqaruvini qo'lga kiritib olishmoqda.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki bank xodimlari tomonidan hech qachon "Telegram" messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali pul talab qilinmasligi yoki boshqa turdagi ko'rsatmalar berilmasligi, xizmat guvoxnomasi tasviri yuborilmasligi, yumaloq videoxabarlar orqali topshiriq berilmasligi, SMS-kodlar yoki parollar umuman so'ralmasligi "oltin qoida" sifatida qabul qilish kerakligini eslatib o'tamiz.

130 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech