Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 13-sentabr (juma) kuni soat 10:00 da To'raqo'rg'on tumani, 41-son tuman Madaniyat markazi binosida Namangan viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!