Namangan viloyati Davaktiv boshqarmasi tomonidan E-AUKSION.UZ platformasi orqali aprel oyining birinchi yarmida boshlang'ich narxi 15 mlrd so'm bo'lgan 3 ta bino-inshoot 18.6 mlrd so'mga sotildi.
- Namangan shahrida boshlang‘ich narxi 11,4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi "Temir yo`l vokzali" bino-inshootlari bir qismi (Mexmonxona binosi) 12 mlrd so‘mga sotildi.
- Chortoq tumanidagi boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi Noturar bino (Davlat Kadastrlari palatasi Chortoq tumani filialining sobiq bino-inshootlari) 2.63 mlrd so‘mga sotildi.
- Chortoq tumanidagi boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi Noturar bino (Chortoq tumani kambag`allikni qisqartirish va bandlik bo`limining sobiq bino-inshootlari) 4 mlrd so‘mga sotildi.

