Namangan viloyati Davaktiv boshqarmasi tomonidan E-AUKSION.UZ platformasi orqali aprel oyining ikkinchi yarmida boshlang‘ich narxi 6,9 mlrd so‘m bo‘lgan 2 ta bino-inshoot 7,345 mlrd so‘mga sotildi.
- Namangan tumanida boshlang‘ich narxi 6,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan yotoqxona bino-inshootlari 6.5 mlrd so‘mga sotildi.
- Yangiqo‘rg‘on tumanidagi boshlang‘ich narxi 771 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan Zarkent bino-inshooti 848 mln so‘mga sotildi.

