Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Aprel 2026

Rieltorlik faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda

Bugun Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilinib, natijasi bo‘yicha ma’qullandi.

 

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda aholi sonining ortishi va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi ko‘chmas mulk bozorining rivojlanishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, rieltorlik faoliyatini tartibga solishning amaldagi mexanizmlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

 

Ayni paytda rieltorlik faoliyatining ayrim hollarda norasmiy tarzda amalga oshirilayotgani bozorning ochiqligi va shaffofligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada “yashirin iqtisodiyot”ning saqlanib qolishi hamda ayrim fuqarolar huquqlarining buzilishi kabi holatlar kuzatilmoqda.

 

 

Mazkur Qonun bilan:

  • rieltorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda;
  • rieltorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari aniqlashtiriladi;
  • ko‘chmas mulk bozorida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari belgilanadi;
  • rieltorlik xizmatlari bozorida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan normalar joriy etiladi;
  • fuqarolarning mulk huquqlarini himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi.

 

Qonunning qabul qilinishi rieltorlik xizmatlari bozorini tartibga solish, sohada qonuniylikni mustahkamlash hamda “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga xizmat qiladi.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech