Mamlakatimiz bo‘ylab an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan "Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki" shiori ostidagi umumxalq xayriya xasharida Namangan viloyat davlat aktivlari boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Hashar doirasida xodimlar tomonidan bino va uning atroflari, hududlarda keng ko‘lamli ozodalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazilib, mavjud yashil hududlarga ham chiroyli ko‘rinish berilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar jamoatchilik orasida ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, atrof-muhitni yanada obod qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omil bo‘lmoqda.

