Yurtimizda aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar jadal davom etmoqda.
Namangan viloyati hokimining birinchi o'rinbosari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i B.Matmusayev hamda mas’ul tashkilotlar Chortoq tumani "Mustaqillik" MFYda boʻlib, xonadonbay oʻrganishlar oʻtkazmoqda.
Maqsad aniq — har bir oilaning barqaror daromad manbayiga ega boʻlishiga koʻmaklashish!
Jarayonda xonadonma-xonadon yurilib, ehtiyojmand oilalarga quyidagi yoʻnalishlarda amaliy yordam koʻrsatilmoqda: Fuqarolarni doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish;
- Oʻz tadbirkorligini boshlash istagida boʻlganlarga imtiyozli kreditlar ajratish;
- Daromad keltiruvchi faoliyatini kengaytirish uchun foizsiz ssudalar taklif etish.
Ushbu amaliy choralar natijasida oilalarning moddiy ahvoli yaxshilanib, ular ijtimoiy reyestr va koʻmak roʻyxatlaridan bosqichma-bosqich chiqarilishi ta’minlanmoqda.
Inson qadri va uning farovonligi — ustuvor vazifa!

