Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Fevral 2026

Ishbilarmonlar, mahalliy va xorijiy investorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatiga tashriflari davomida Angren shahridan To‘raqo‘rg‘on tumanigacha bo‘lgan 100 kilometr masofada yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tartibli tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Hozirda Namangan viloyati hokimligining Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan MASTER-REJA asosida Chust tumanidan o‘tuvchi 4r-112 avtomobil yo‘li bo‘yidan yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Mazkur auksion savdolarida Siz Agromaxsulotlarni saqlash omborxonasi, Agrologistika markazi, Uy mehmonxonalari, Umumiy ovqatlanish markazi, Kafe, Mini market, Avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda Elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari kabi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurish uchun yer maydonlari egasi bo‘lishingiz mumkin.

e-auksion.uz savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdolarida ishtirok eting va qulay lokatsiyadan loyiha amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Savdoga chiqarilayotgan lotlar haqida to‘liq ma’lumotlarni havola orqali olishingiz mumkin.

34 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech