O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatiga tashriflari davomida Angren shahridan To‘raqo‘rg‘on tumanigacha bo‘lgan 100 kilometr masofada yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tartibli tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Hozirda Namangan viloyati hokimligining Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan MASTER-REJA asosida Pop tumani Do‘stlik massivida yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilmoqda.
Mazkur auksion savdolarida Siz muzlatkich omborxona, restoran, savdo do‘konlari, Kempinglar, Bozorcha, Logistika markazi, Avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda Elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari kabi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurish uchun yer maydonlari egasi bo‘lishingiz mumkin.
Savdoga chiqarilayotgan lotlar haqida to‘liq ma’lumotlarni havola orqali olishingiz mumkin.

