Sudyalar, daxldor idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda bankrot deb topilgan va tugatish ishlari olib borilayotgan korxonalarda tugatish ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Namangan viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi A.Xonazarov mazkur yo‘nalishdagi tahlillarga to‘xtalib, o‘tgan davr mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan bir nechta korxonalar bankrot deb topilgan bo‘lsada, ularning aksariyatida tugatish ishlari bir yildan ortiq muddat davomida ham yakunlanmaganligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda sohaga daxldor mutasaddilar so‘z olib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yakunda mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

