O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi“ 2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-sonli farmoni hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati xududiy boshqarmasining tegishli buyrug‘iga muvofiq “Namangandonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 0,52 foiz davlat aksiyalari birja savdolariga chiqarilmoqda.
- Aksiyalar soni - 985 dona oddiy aksiya;
- Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 373 857,0 so‘m;
- Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 368 249 145,0 so‘m;
- Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;
- Lotlar soni – 985 ta;
Savdolar “Toshkent” RFBning ommaviy savdolarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan platformasi, PO-maydonchasida 16.06.2025 yildan boshlanadi. Talabgorlar investitsiya vositachilari yordamida aksiya paketini sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin.
Jamiyat faoliyatiga oid ma’lumotlar va moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan www.namdon.uz va www.openinfo.uz saytlari orqali tanishish mumkin.
Barcha mahalliy va xorijiy investorlarni birja savdolariga taklif etib qolamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni (+99890) 993-95-58 telefon raqami orqali yoki t.me/mulksarmoya telegram kanalidan olishingiz mumkin.