Joriy yilning 27-sentabr kuni Pop, Chust va Mingbuloq tumanlaridagi davlat aktivlari, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimot Pop tumani hokimi A'zamjon Sultanov, Davaktiv agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Bekzod Matmusayev, Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Akramjon Axmadaliyev hamda “E-auksion” viloyat vakili Alisher Mirzahmedov boshchiligida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Bekzod Matmusayev soʻzga chiqib, xususiylashtirish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar, tadbirkorlar uchun bir qator yangilik va qulayliklar yaratilganligini, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-sentyabr kuni “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-135-sonli Farmoni qabul qilinganligini hamda “Xalqchil IPO” dasturi doirasida “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (O‘zRTXB) aksiyalarini ommaviy joylashtirish (SPO*) yuzasidan to'xtalib o'tdi.
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook |Instagram