Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Noyabr 2025

Tijorat banklari aktivlari va davlat mulklari boʻyicha “Roadshow” oʻtkazildi

Bugun Namangan shahridagi “Maʼrifat maskani”da tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va bank balansidan sotilayotgan mol-mulklar boʻyicha koʻrgazmali seminar — “Roadshow” boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Namangan viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Zuxriddin Baxriddinov ochib berdi.

Shundan soʻng ishtirokchilarga tijorat banklari balansidagi sotilayotgan mol-mulklar, xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari, yer uchastkalari hamda master reja asosida sotuvga qoʻyilgan investitsiya maydonlari  boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.

Maʼlumotga koʻra, hozirgi paytda viloyat hududida qiymati 84 milliard soʻmlik 39 ta davlat aktivlari hamda jami 270 gektar maydonni tashkil etuvchi yer uchastkalari "E-auksion" orqali savdoga qoʻyilgan.

Shuningdek, tijorat banklari balansidan qiymati 342,6 milliard soʻmlik 136 ta obʼekt investorlar uchun taklif etilmoqda. Ushbu obʼektlar infratuzilmasi, joylashuvi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan yuqori investitsiya salohiyatiga ega ekani taʼkidlandi.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — tadbirkorlar va investorlarga ochiq maʼlumot taqdim etish, savdo jarayonlarining shaffofligini taʼminlash hamda yangi biznes loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

24 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech