Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-78-sonli Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida yangi tuzilma — Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy bo’limlari tashkil etildi.
Yangi organ respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, ushbu sohada yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul etib belgilandi.
Agentlik zimmasiga sohani nazorat qilish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik taʼomillarni soddalashtirish hamda iqtisodiy nochor shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish vazifalari yuklatilgan.
Farmonda 2028-yilga qadar tartib-taomillar davomiyligini kamida 30 foizga qisqartirish, sanatsiyaning 20 foizini sudsiz amalga oshirish kabi aniq maqsadlar belgilangan.
Bu — tadbirkorlik muhitini sogʻlomlashtirishga qaratilgan yirik islohotning boshlanishi.

