Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 21-oktabr (chorshanba) kuni soat 15:00 da Namangan shahri, Davlatobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 98-uyda joylashgan "Congress Hall" binosida Namangan viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

