Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Noyabr 2024

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2024-yildagi 708-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini hamda uni amalga oshirishni tadblrkorlik subyektlariga tushuntirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 20-noyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida "Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomni tasdiqlanganligi haqida seminar oʻtkazildi.

Tadbir, iqtisodiy ishlar bo'yicha Namangan viloyat sudi sudiyasi A.Inomov, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Karimov, Davaktiv agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi B.Matmusayev boshchiligida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda, Bekzod Matmusayev soʻzga chiqib, Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlanganligi hamda endilikda Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini tiklash uchun sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish masalalari tartibga solingaligi yuzasidan toʻxtalib oʻtdi.

3 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech